
OROMGOH — YOZGI HAMROH
Bugun Аngor tumani tibbiyot va taʼlim xodimlari farzandlari yozgi taʼtilni maroqli oʼtkazish maqsadida «Beshbuloq» bolalar oromgohida 3-smenada dam olishni boshladilar.
Bugun Аngor tumani tibbiyot va taʼlim xodimlari farzandlari yozgi taʼtilni maroqli oʼtkazish maqsadida «Beshbuloq» bolalar oromgohida 3-smenada dam olishni boshladilar.
Аngor tumani kasaba uyushma boʼlinmasi tomonidan «Qurbon xayiti» munosabati bilan ijtiomiy himoyaga muxtoj oilalar xolidan xabar olindi.
Yoz fasli, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun o‘zgacha shodlik va shukuh olib keladi, bu faslda ular sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishadi.
Ayni kunlarda 40 nafar Angorlik bolajonlar ham sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishmoqda. Xususan, Sherobod tumanida joylashgan «Vandob beshbuloq» sog‘lomlashtirish oromgohida 20 nafar bolajonlar sog‘lomlashtirilmoqda.
Oromgohda dam olishning 1-bosqichi yakunlanishi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.
Marosimda bolajonlar Ona Vatanni madh etuvchi qo‘shiq va raqslar namoyish etishdi.
O‘tkazilgan tadbir nihoyasida faol ishtirok etgan bolalarga sovg‘alar topshirildi.
Umumta’lim maktablarida o’quv yili yakunlanishi bilan bolalar vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida yozgi oromgohlarga yo’l olishadi. Ayni shu maqsadda erta tongdan ota-onalar, bolalar va ma’sul idora vakillari Termiz shahrida joylashgan «Bolajon» bog’i yonida jam bo’lishdi.
Joriy yilda Surxondaryo viloyatida 9 ta statsionar oromgohlarda 5 navbatda 7 220 nafar bolalarni dam oldirish rejalashtirilgan. Shundan birinchi navbatda 1 750 nafar bolalar yuqori kayfiyatda, tegishli ma’sullar nazorati ostida oromgohlarga yo’l olishdi.
1-iyun ”Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bolalarga mehr-muruvvat ko’rsatib, quvonch va shodlik ulashish maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi hamda Mudofaa vazirligi xuzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat bo’limi hamkorlikda “Har bir bolaga mehr, e’tibor” shiori ostida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Bayram munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbirlarida vatan sarhadlarin himoya qilish yo’lida xalok bo’lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari hamda xizmat burchini bajarish vaqtida olgan jarohati tufayli nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar va ularning imkoniyati cheklangan farzandlari holidan xabar olindi. Tashriflar davomida bolalarga 12 turdagi o’quv qurollari, kitoblar hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
Joriy yilning 12- may kuni Angor tumanida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi 2023-yil 25-apreldagi R-14/10 «s» sonli ijroiya qо’mita qarori ijrosi to’g’risida viloyat Kengashi rais o’rinbosari Q.Bobolov, viloyat mehnat — huquq inspektori Z.Xolov va viloyat kengashi mehnat texnik inspektori E.Mengliyevlar ishtirokida tuman korxona va tashkilot , ta’lim va tibbiyot muassasalari boshlang’ich kasaba uyushmasi raislari hamda mehnat muxofazasi xodimlari ishtirokida o’quv seminari o’tkazildi. Mas’ul xodimlar tomonidan davra suhbati ishtirokchilariga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoy qarorlari, O’zbekiston Respublikasining 2023 yilgi iqtisodiy dasturining ustuvor yo’nalishlari shuningdek O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyatining 2022-2026-yillarga mo’ljallangan strategik yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Harakatlar Dasturi, yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi, sanatoriyalarga yullanmalar berish hamda huquqiy masalalar tartibi, boshlang’ich tashkilotlarda ishlarni tashkillashtirish borasida ma’lumotlar berildi.
2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifаtida ma’qullangandi.
Mazkur qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasidagi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika adliya vazirligi, oila va xotin qizlar qumitasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan qo‘shma targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish reja jadvali ishlib chiqilib, ijroga yo‘naltirilgan edi.
Qo‘shma targ‘ibot tadbirlarini rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yil 10 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati kengashi katta majlichlar zalida “Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi 2022 yil 15 dekabrdagi O‘RQ-809 sonli Qonuni ijrosi to‘g‘risida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat Termiz shahri va tumanlar adliya bo‘limlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan foal xotin-qizlar, kasaba uyushmalari viloyat kengashining barcha mas’ullari ishtirok etdilar.
2023 yil 2 may kuni Surxondaryo viloyat kasaba uyushma kengashi raisi o’rinbosari Q.Bobolov,tashkiliy ishlari bo’limi mudiri B.Muhammadiev, mehnat inspektori Z.Xolov va kengash bo’lim mudirlari Sariosiyo tumanidagi tashkilot, korxona va ta’lim muassasalari boshlang’ich kasaba uyushmasi raislari bilan davra suhbati o’tkazishdi. Mas’ul xodimlar tomonidan davra suhbati ishtirokchilariga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Harakatlar Dasturi, yangi taxrirdagi Mehnat kodeksi, sanatoriyalarda ishlarni tashkillashtirish borasida tushunchalar berildi.
Ўзбекистон Касаба уюшмалари Федерациясининг вилоят Кенгаши ташаббуси билан алоқадор ташкилотлар билан ҳамкорликда “28 апрель — Бутунжаҳон меҳнатни муҳофаза қилиш куни” муносабати билан Касаба уюшмалари вилоят кенгаши катта мажлислар залида “Соғлом ва хавфсиз меҳнат муҳитининг хуқуқий асослари” шиори остида давра суҳбати ташкил этилди.
Тадбирда соҳа мутахассислари томонидан меҳнатни муҳофаза соҳасидаги меъёрий ҳужжатларда белгиланган малака талаблари, бу борада амалга оширилаётганишлар, муаммо ва камчиликлар юзасидан маърузалар қилинди.
Шунингдек, бу борада намунали фаолият юритган масъуллар иштирокида ташкил этилган меҳнатни муҳофаза энг яхши мутахассис танловнинг турли номинациялари бўйича вилоят босқичида ғолиб бўлганлар касаба уюшмаларининг диплом ва қимматбаҳо совғалари билан тақдирландилар.
Маълумот ўрнида қайд этиш керакки, 80 йиллар ўрталарида АҚШ, Канада, кўплаб Европа ва Осиё мамлакатларида иш жойларида оғир жароҳатланиш олган ва вафот этганлар сони мисли кўрилмаган даражада ошиб кетган. Шу боисдан 1989 йилда АҚШ ва Канаданинг йирик касаба уюшмалари ташкилотлари “Халок бўлган ходимларни хотирлаш куни” номи билан вафот этган ишчиларни хотирлаш ташаббуси билан чиққан.
1996 йилда Халқаро меҳнат ташкилоти Бутунжаҳон меҳнатни муҳофаза қилиш кунини таъсис этиш бўйича расмий таклиф билан чиқди ва шу йилдан 28 апрель санаси “Бутунжаҳон меҳнатни муҳофаза қилиш куни” сифатида норасмий равишда нишонланиб келинган, расман 2003 йил 28 апрелда нишонланган.
Шу йилдан бошлаб, ҳар йили 28 апрель “Бутун жаҳон меҳнатни муҳофаза қилиш куни” касаба уюшмалари ташаббуси билан ҳамкор ташкилотлар иштирокида юқори даражада ўтказиб келинади.