Uzun tumanida “Vazir kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi
30-aprel kuni Uzun tumanida ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-274-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Sport bahslarida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlaridan jami 52 ta eng kuchli jamoa o‘zaro bellashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
- 🥇 1-o‘rin: 24-sonli maktab jamoasi;
- 🥈 2-o‘rin: 27-sonli maktab jamoasi;
- 🥉 3-o‘rin: 38 va 12-sonli maktab jamoalari.
G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar va musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.
