
Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi va kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 7 mart kuni Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi hamda hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ish beruvchi nomidan M.Sattorov va boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.Tursoatovlarning hisobotlari tinglandi. Yig‘ilishda ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi. Mehnat jamoasi tomonidan jamoa shartnomasi bajarilishi qoniqarli deb topildi. Jamoa shartnomasiga 2025 yil » Atrof muxitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» uchun qo‘shimchalar kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Konferensiyada kasaba uyushma qo‘mitasi, taftish komissiyasining 2020 — 2025 yillardagi faoliyatlari yuzasidan xisobotlari tinglandi. Kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Kasaba uyushma qo‘mita raisini saylash ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi va I. Tursoatov qo‘mita raisi etib qayta saylandi
Ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish jamoa shartnomasida o‘z aksini topgan bo‘lib, undagi bandlarning ijrosiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi M.Kadirova sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklar, mamlakatimizda ilk kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar va jamoani qiziqtirgan savollariga javob berdilar.