“Sport sog‘lik garovi» shiori ostida “Sport xaftaligi” tashkil etildi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2024 yil 7 oktyabrdagi “11noyabr — Kasaba uyushmalari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №15-21“s”-sonli ijroiya qo‘mitasi qarori bo‘yicha 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” sifatida nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, Boysun tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sport sog‘lik garovi» shiori ostida  “Sport xaftaligi” tashkil etildi, bunda, mehnat jamoasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi,  arqon tortish  turlari bo‘yicha musoboqalar hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha namunali diktantlar tanlovi o‘tkazildi.

       Bayram tadbirida O‘zbekiston  ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh yuristkonsulti Muhamedalieva Dilbar Abdurahmonovna va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi Xoliyorov Baxtiyor, tarmoqdagi tashkilot va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mita raislari hamda maktab ishchi-xodimlari  ishtirok etdilar.  Tadbir maktab o‘quvchilarining badiiy chiqishlari va tuman madaniyat uyi san’atkorlari «Shalola»guruhining chiqishlari bilan boshlanib ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Maktabda o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari, faxriylar va qo‘mita raislari ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boysun tuman bo‘linmasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email