«Nodavlat sektori korxonalarini kasaba uyushmasi a’zoligiga jalb etish bo‘yicha» targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda mexnat jamoasida ish unumdorligini yanada oshirish, sog‘lom ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kuchaytirish uchun korxona va muassasalarda kasaba uyushmasi tashkiloti tuzilishi maqsadga muvofiqligi alohida takidlab o‘tildi. Kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan tashkilot va korxonalarda xodimlar va ularning ota onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari uchun sanatoriya va bolalar oromgoxlarida imtiyozli yo‘llanmalar ajratilishi, davolanib dam olishi takidlab o‘tildi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.