Uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimligi binosida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2023 yil 23 avgustdagi kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman sektor rahbarlari, mas’ul idora va tashkilotlar xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasidan viloyatga biriktirilgan vakil Sh.Qodirov, Xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi rahbari Q.Bobolovlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda tuman ishchi guruhi a’zolariga tumandagi mavjud mahallalarda faoliyat olib borayotgan beshlik tomonidan xatlovlarni haqqoniyligiga alohida e’tibor qaratish, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda xotin-qizlarning takliflaridan kelib chiqib munosib ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbir asosida ish olib borishlari to‘g‘risida tegishli taklif va tavsiyalar berib o‘tildi