Joriy yilning 16–18-iyun kunlari taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan fidoyi ustozlarimiz uchun Xorazm viloyatiga maroqli sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida pedagoglarimiz koʻhna Xivaning tarixiy obidalari, Ichan-qalʼa majmuasi va vohaning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tadbir ustozlarning ishdan tashqari vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularga yuqori kayfiyat bagʻishlash hamda jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Ustozlarimiz sayohatdan unutilmas taassurotlar va yangi kuch-gʻayrat bilan qaytdilar.

Angorda “Ilmli ayol – kuchli jamiyat” xotin-qizlar ta’lim forumi o‘tkazildi

Angor tumanida xotin-qizlarning ilm-fan, ta’lim va kasb-hunar sohalaridagi faolligini oshirish maqsadida “Ilmli ayol – kuchli jamiyat” mavzusida ta’lim forumi tashkil etildi. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad — xotin-qizlarni oliy ta’limga, zamonaviy kasblarni egallashga hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishdan iborat.

Forum davomida mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim kreditlari, grantlar va boshqa imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda quyidagi mas’ullar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar:

  • Normurodova — Angor tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i;
  • Qobulova — Xalq banki Angor tumani filiali rahbari o‘rinbosari;
  • Ibragimova — Tuman bosh otinoyisi;
  • Tumandagi tashkilotlarning rahbari bo‘lgan ayollar.

Uchrashuvda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, forumda ilmiy va kasbiy faoliyatda yuksak natijalarga erishgan, jamiyatda munosib o‘rin egallagan xotin-qizlarning muvaffaqiyat yo‘li haqida so‘z yuritildi. Ularning hayotiy tajribasi va erishgan yutuqlari yosh qizlar uchun motivatsion namuna sifatida e’tirof etildi.

Mazkur forum xotin-qizlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyat taraqqiyotidagi faol ishtirokini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.