Jamoa Kelishuvining 2024 yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2025 yil 27 yanvar kuni Uzun tuman Maktabgacha va maktab bo‘limi faollar zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi kengashi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘rtasida 2023-2025 yillarga tuzilgan Jamoa Kelishuvining 2024 yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Uzun tuman Maktabgacha ta’lim bo‘lim boshlig‘i B. Abdurashidov xamda tuman bo‘linmasi raisi Z.Sheralievlarning xisobatlari tinglandi. 2023-2025 yillarga tuzilgan Jamoa kelishuviga 2025 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi. Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilot raislari uchun «Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida xisobat saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish va rasmiylashtirish» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Yig‘ilish ishtirokchilariga » O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida xisobat saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom»  talablari asosida xisobat saylovlarni o‘tkazish tartibi, nomzodlarni saylash tartibi, xujjatlarni rasmiylashtirish, komissiya a’zolarining vazifalari xamda dublyorlar xaqida batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berildi.