Hamkorlik sari….

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan xalqaro miqyosda kasaba uyushmalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida kelishuv shartnomasining imzolanishi, ikki tomonlama tuzilgan hamkorlik Memorandumining tasdiqlanishi va shu asosda yo‘l haritalari ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirilishi ham buning yorqin dalilidir.

Hamkorlik Memorandumida belgilangan vazifalarning to‘laqonli ijrosini ta’minlash hamda qo‘shni davlatlar kasaba uyushmalari bilan o‘zaro tajriba almashish amaliyotini muntazam yo‘lga qo‘yish maqsadida, ikki mamlakat Respublika kengashlari tomonidan joriy yil boshida 2024 yilga mo‘ljalangan yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Yo‘l haritasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, tarmoq kasaba uyushmalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi joriy yil 12-14 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatida bo‘ladi.

Erta tongda Termiz shahridan jo‘nab ketgan delegatsiya a’zolari Xatlon viloyati chegara nazorat punktida mezbonlar tomnidan tantanali kutib olindi.

 

BILIMLAR KUNIDA YoShLAR MURABBIYSI YoShLAR BILAN BIRGA!

Bugun Surxondaryo viloyatidagi maktablarning barchasida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, tashkilot, idora va boshqarmalar boshliqlari ishtirok etib, o‘quvchilarni mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi hamda “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi.

Xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi raisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, “O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Axmedov Sariosiyo tumanidagi o‘zi tahsil olgan 19-sonli maktabda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini “Bilimlar kuni” – yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi shodiyonalari bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi.

«Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan

«Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi tegishli bandlarini bajarish hamda «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan 2024 yil  8 sentyabr kuni Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘linmasi tomonidan tumandagi «Janub gavhari» bolalar oromgoxida pedagog va ishchi-xodimlarning «An’anaviy spartakiada»si bo‘lib o‘tdi. Spartakiada O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimnini ijro etish bilan boshlandi.  Spartakiadada xodimlar sportning 6 turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi. Murosasiz va samimiy o‘tgan musobaqada 1,8,11,20,21,23,24,26,28,31,36,38,48,49-maktablar xamda 2-DMTT xodimlari va jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Spartakiada g‘oliblari tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘linmasining diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.