Denov tumanida anʼanaviy sportakiada bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18 may kuni Denov tumanidagi 22-umumiy o‘rta taʼlim maktabida navbatdagi taʼlim va fan xodimlarining anʼanaviy sportakiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga tumandagi o‘nta hududda o‘tkazilgan saralash bosqichida gʼoliblikni qo‘lga kiritgan 270 nafar sportchilar, faxriylar va turli tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda sportning voleybol, futbol, shashka, shaxmat va tennis turlari bo‘yicha sportchilar bellashishdi. Tadbirda qatnashchilarga osh tarqatilib, bu dunyodan o‘tgan ustozlar xotirlandilar. Tadbirda gʼolib bo‘lgan sportchilar taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasining qimmatbaxo sovgʼalari bilan taqdirlandilar.