Hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 29 mart kuni Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasining 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita raisining hisobotlari tinglandi.
Jamoa shartnomasining ijrosi bo‘yicha umumiy yig‘ilish o‘tkazildi
2024 yil 27 mart kuni Boysun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mehnat jamoasining 2023 — 2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yakunlari bo‘yicha umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘lim mudiri o‘rinbosari Azamat Abdullaev, Surxondaryo viloyat Kengashining ijtimoiy-iqtisodiy bo‘limi boshlig‘i Muxtor Anorboev, Respublika Kengashining Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasining raisi Xamid Qo‘zimuradovlar ishtirok etib kasaba uyushmalarining Ustivor vazifalari to‘g‘risida muzokarada ishtirok etdilar.
2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha muzokaraga chiqqanlar 2023 yilda Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasining xisobotlarini qoniqarli deb baholadilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.