QONUN USTUVORLIGI — INSON MANFAATLARI HIMOYASI KAFOLATI

Qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashning eng ishonchli kafolatidir.

Mehnat munosabatlarida esa bu tamoyil har bir xodimning qadri, sha’ni va huquqlari himoya qilinishida yaqqol namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati kengashi mehnat huquq inspektori Zarif Xolov tomonidan bu borada izchil va samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, joriy yilning fevral–mart oylarida amalga oshirilgan ishlar qonuniylik va adolatni ta’minlash yo‘lida muhim natijalar berdi.

Jumladan, FIB Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan “Davlatsoy” MFY hokim yordamchisi O.Jumaev ishga tiklanib, unga 41,5 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirilishi ta’minlandi.

Bu – mehnat huquqlari poymol etilganda, qonun orqali adolatni tiklash mumkinligining yaqqol isbotidir.

Shuningdek, Surxondaryo viloyat sudida apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishda Sho‘rchi tumani 1-son politexnikumi xodimi N.Menglievning huquqlari himoya qilinib, adolat qaror topdi. Bu esa har qanday bosqichda ham haqiqat ustuvor bo‘lishini ko‘rsatadi.

Uzun tumanidagi 36-maktab xodimi J.Abdurasulov foydasiga 8,5 million so‘m miqdoridagi kechiktirilgan to‘lovlarning sud orqali undirilishi ta’minlandi.

Bu kabi ishlar xodimlarning ijtimoiy himoyasi amalda ta’minlanayotganini anglatadi.

Amalga oshirilayotgan har bir ish – inson manfaati, adolat va qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan. Kasaba uyushmalari tizimi esa bu borada ishonchli tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xolov Zarif Xalilovich
Mehnat huquq inspektori

Surxondaryoda Quvondiq Madartov xotirasiga bag‘ishlangan tennis turniri bo‘lib o‘tdi

«Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘!» degan ezgu tamoyil xalqimiz ma’naviyatining ajralmas qismiga aylangan. Yurtimizda 9 may – «Xotira va qadrlash kuni»ni yuqori saviyada nishonlash, o‘tganlar yodini e’zozlash maqsadida Prezidentimizning tegishli qarori asosida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri kuni kecha Surxondaryo viloyatida tashkil etildi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi hamda Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi hamkorligida tibbiyot fanlari doktori Quvondiq Mengniyozovich Madartov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy katta tennis turniri o‘tkazildi.

Turnir haqida qisqacha:

  • Maqsad: Marhum olimining ilmiy va insoniy fazilatlarini yod etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xodimlar o‘rtasida sportni ommalashtirish.
  • Ishtirokchilar: Tibbiyot sohasi vakillari, sport ishqibozlari va kasaba uyushmasi faollari.
  • Muhit: Musobaqa ko‘tarinki ruhda, do‘stona va shiddatli bahslarga boy tarzda o‘tdi.

Bu kabi xotira turnirlari nafaqat sport mahoratini oshirishga, balki fidoyi insonlarning nomini avlodlar yodida saqlashga xizmat qiladi. O‘tganlarning xayrli ishlari va jasorati hamisha e’zozda!

Angorda “O‘yinga asoslangan ta’lim” festivali g‘oliblari aniqlandi

Angor tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (DMTT) pedagoglari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali” o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur tadbir bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Festivalning asosiy yo‘nalishlari:
Festival davomida pedagoglar jamoalari tomonidan bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlariga mos, xavfsiz hamda qiziqarli didaktik o‘yinlar namoyish etildi. Taqdim etilgan ijodiy ishlarda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
  • “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi asosida didaktik materiallar yaratish;
  • O‘yinga asoslangan ta’lim metodikalarini samarali qo‘llash;
  • Pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish.
Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning mahoratini atroflicha o‘rganib chiqib, yakuniy natijalarni e’lon qildi:
🏆 G‘oliblar ro‘yxati:
  • 1-o‘rin: 5-sonli DMTT jamoasi;
  • 2-o‘rin: 11-sonli DMTT jamoasi;
  • 3-o‘rin: 2-sonli DMTT jamoasi.
Festival yakunida barcha faol va ijodkor jamoalar munosib baholanib, g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandilar. Ushbu kabi tadbirlar maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Yurt fidoyilari hamisha e’zozda

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hamda mutasaddilar Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Xushboq Choriyevning xonadonida bo‘ldi.

Tashrif davomida harbiy xizmatchining oila a’zolaridan hol-ahvol so‘raldi. Samimiy muloqot chog‘ida yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning jasorati hamda fidoyiligi hamisha yuksak qadrlanishi, ularning hayot yo‘li yosh avlod uchun ibrat namunasi ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, Vatan manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan insonlar xotirasini e’zozlash va ularning oilalariga doimiy e’tibor qaratish barchaning muhim vazifasi ekani qayd etildi.

 

9-may — Xotira va qadrlash kuni

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hamda mutasaddilar Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Xushboq Choriyevning xonadonida bo‘ldi. Tashrif davomida harbiy xizmatchining oila a’zolaridan hol-ahvol so‘raldi. Samimiy muloqot chog‘ida yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning jasorati hamda fidoyiligi hamisha yuksak qadrlanishi, ularning hayot yo‘li yosh avlod uchun ibrat namunasi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, Vatan manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan insonlar xotirasini e’zozlash va ularning oilalariga doimiy e’tibor qaratish barchaning muhim vazifasi ekani qayd etildi

 

Inson aziz, xotira muqaddas: Angorda faxriylar holidan xabar olindi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi hamkorligida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida Afg‘on urushi ishtirokchilari va ko‘p yillik samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar xonadoniga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi.

Bu kabi uchrashuvlar yosh avlod qalbida ustozlarga bo‘lgan hurmatni mustahkamlash barobarida, milliy qadriyatlarimizni e’zozlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ustozlarga ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos eng oliy fazilatlardan biridir.

Xayrli tadbir

Joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi hamda Termiz tumani Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi hamkorligida xayrli tadbir tashkil etildi.

«9 may – Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi — Termiz tumani «Chegara» mahallasida yashagan Turg‘un Erkinovich Jo‘raevning xonadoniga tashrif buyurildi.

Uchrashuv davomida marhumning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Фахрийлар ҳолидан хабар олинди

Узун тумани таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси бўлинмаси томонидан 9 май — Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан бир гуруҳ байналмилалчи ходимлар эсдалик совғалари билан тақдирланди. Шунга қарамай, узоқ йиллар таълим соҳасида фаолият кўрсатган, ҳозирда нафақада бўлган фахрийлар ҳолидан ҳам хабар олинди

Termizda Musurmonqul Onorov xotirasiga bag‘ishlangan futbol turniri bo‘lib o‘tdi

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Surxon” sport majmuasida futbol bo‘yicha xotira turniri tashkil etildi. Musobaqa O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashida ko‘p yillar xizmat qilgan marhum Musurmonqul Onorov yodiga bag‘ishlandi. Tadbir do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lida futbol ixlosmandlarini birlashtirdi.