Surxondaryoda Bo‘ri Allamurodov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turniri o‘tkazildi

Joriy yilning 5 may kuni «Amudaryo» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida «9 may – Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan kasaba uyushmalari faxriysi Bo‘ri Allamurodov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat bo‘yicha ochiq turnir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport tadbiri O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etildi. Musobaqada viloyatdagi turli tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda faxriylar o‘zaro kuch sinashdilar.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan turnir yakunlariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

  • 1-o‘rin: Temur Boboqulov – Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti o‘qituvchisi;
  • 2-o‘rin: Mahmud Zaripov – Sariosiyo tumanidan mehnat faxriysi;
  • 3-o‘rin: Olmos Xo‘shboqov – Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan I, II, III darajali diplomlar, medallar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar