“Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim”
Angor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman bo‘linmasi hamda tuman Sport maktabi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagog-o‘qituvchilar va xodimlari o‘rtasida Kasaba uyushmasi kubogi uchun sportning 5 ta turi bo‘yicha xududiy bosqich musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Kasaba uyushmasi kubogi uchun sportning mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lmoqda.
Bellashuvlar yakunida yakka va jamoaviy bahslarda g‘olib bo‘lganlar musobaqaning viloyat bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishadilar.
