Bayram sovg‘alari topshirildi
Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayol xodimalariga Bo‘linma tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.




Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayol xodimalariga Bo‘linma tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.




8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Termiz Daryo Porti» MChJ da «To‘maris izdoshlari» shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi, Ushbu musobaqada korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlar faol ishtirok etdilar, Qizg‘in bellashuvlar va ko‘tarinki kayfiyatga boy tarzda o‘tgan musobaqa barcha ishtirokchilarga bayramona ruh bag‘ishladi. Tadbir davomida xotin-qizlarning faolligi , matonati va To‘maris izdoshlariga mos jasorati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Musobaqa yakunida ishtirokchilar munosib rag‘batlantirilib , esdalik sovg‘alari topshirildi
Shuningdek, bugun 3 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Sho‘rchi tumani kasb-hunarga o‘kitish markazida ham jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglandi hamda bir ovozdan qoniqarli deb topildi
Joriy yilning 3 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida 2025-2027 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglanda hamda qoniqarli deb topildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan 8-Mart “Halqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga bepul yo‘llanmalar topshirildi. Xususan, Viloyat “Toza xudud” davlat muassasasi farroshi Raxmonova Matluba Jumaevna, Jarqo‘rg‘on tumani 1-son texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Jumaeva Feruza O‘roqovna, Termiz shahar Xarbiy gospitali xamshirasi Xasanova Umidabonu Xasanovnaga sog‘liklarni tiklab, davolanib kelishlari uchun Toshkent viloyatidagi “Umid Gulshani” sanatoriysi yo‘llanmalari topshirildi. Bu kabi muruvvat ishlari izchil davom etmoqda.
Joriy yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Mahallalar uyushmasi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limida 2024-2026 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglanib, qoniqarli deb topildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Filial rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan hisobot berilib, ijro qoniqarli deb topildi. 2026–2028-yillar uchun yangi Jamoa shartnomasi loyihasiga takliflar kiritilib, 4 nafar delegat saylandi.
Tadbirda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shonazar Jo‘raboyevich Axmedov ishtirok etib, xodimlar uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy tadbirlarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat
Kengashi Raisi A Axmedovning Kasaba uyushmasi va mening xayotim kitobi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shonazar Jo‘raboyevich Axmedovga esdalik uchun topshirildi.

Joriy yilning 20 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyida 2024-2026 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglanib, bir ovozdan qoniqarli deb topildi.
Joriy yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Denov tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglanib, qoniqarli deb topildi.