Sport-salomatlik garovi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va  O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan qo‘shma qarorga asosan Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini  jismoniy faolligini oshirish, salomatligini mustahkamlash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mini futbol, stol tennis, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha spartakiada musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rin Qiziriq tuman tibbiyot birlashmasi, 2-o‘rin Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo filiali, 3-o‘rin Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi  jamoalari egallashdi. Musobaqa g‘oliblari viloyat Kengashining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Print Friendly, PDF & Email