Uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimligi binosida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2023 yil 23 avgustdagi kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman sektor rahbarlari, mas’ul idora va tashkilotlar xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasidan viloyatga biriktirilgan vakil Sh.Qodirov, Xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi rahbari Q.Bobolovlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda tuman ishchi guruhi a’zolariga tumandagi mavjud  mahallalarda faoliyat olib borayotgan beshlik tomonidan xatlovlarni haqqoniyligiga alohida e’tibor qaratish, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda xotin-qizlarning takliflaridan kelib chiqib munosib ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbir asosida ish olib borishlari to‘g‘risida tegishli taklif va tavsiyalar berib o‘tildi

Jamoa shartnomalari bajarilishi ko‘rib borilmoqda

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo filialida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yildagi ijrosi yuzasidan jamoaning umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda korxona direktori Q.Xamraev va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Djuraevalar yig‘ilish qatnashchilari oldida hisobot berishdi. Unda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo filiali jamoa shartnomasi va unga kiritilgan bandlarning har birining bajarilishi to‘g‘risida, pochta sohasida kiritilayotgan yangiliklar va qo‘shimcha xizmat turlari to‘g‘risida, 2023 yilda filial daromadi sezilarli darajada oshganligi, buning natijasida xodimlar o‘z vaqtida oylik maoshlarini olib kelayotganligi, xodimlar salomatligini tiklash, ularni sport bilan shug‘ullantirish, ichki turizmni rivojlantirish, xodimlar farzandlarini bolalar oromgohlarida dam oldirish hamda soha rivoji uchun kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida axborotlar berildi.

Jamoa shartnomasini ijrosi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalar ishchi guruh tomonidan o‘qib eshitildi va tasdiqlandi. Korxonada 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yil bajarilishiga qoniqarli baho berildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Gapurov Yunus Yusupovich va mehnat texnik bosh mutaxassisi  Ravshan Naralievlar ishtirk etishdi. Jamoaning umumiy yigilishida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar berildi.

 

 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining

Surxondaryo viloyat kengashi Mehnatkashlarning

ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya

qilish bo‘limi mudiri M.Anarboev

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining VII majlisi bo‘lib o‘tdi

30.01.2024. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining VII majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.

Majlisda Federatsiya Nazorat-taftish komissiyasi, kasaba uyushmalari Respublika va hududiy kengashlari raislari, tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining bo‘lim mudirlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Bosh kengash majlisida dastlab “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalarning 2023 yil yakuni yuzasidan ijrosi va 2024 yildagi asosiy vazifalari to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Sherobod tumanida “Mahallada duv-duv gap” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari davom etmoqda.

Sherobod tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida “Xo‘jaqiya-2” mahallasi aholisi o‘rtasida “Mahallada duv-duv gap” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi A.Axmedov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi va “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi A.Chorievlar tomonidan yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarga va yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar 2024 yil“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar mazmuni to‘g‘risida targ‘ibotlar olib borildi.

Sovg’alar topshirildi

Joriy yilning 14 yanvar kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlar kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimida bo‘lgan Shurchi tuman obodonlashtirish boshqarmasi kasaba uyushmasi  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining  32 yilligi  hamda Vatan himoyachilari kuni va jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun 87 nafar  ishchi — xodimlar faxriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirlandilar .

«14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan musobaqa tashkillashtirildi

«14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan 12 yanvar kuni Surxondaryo viloyat Tadbirkorlar, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tizimida bo’lgan Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlar ishtirokida sportning «Mini futbol» turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Musobaqaning tashkillashtirilishi orqali ishchi xodimlar o‘rtasida do‘stona, sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlarning dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlari maqsad qilingan.