Denov tumanida anʼanaviy sportakiada bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18 may kuni Denov tumanidagi 22-umumiy o‘rta taʼlim maktabida navbatdagi taʼlim va fan xodimlarining anʼanaviy sportakiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga tumandagi o‘nta hududda o‘tkazilgan saralash bosqichida gʼoliblikni qo‘lga kiritgan 270 nafar sportchilar, faxriylar va turli tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda sportning voleybol, futbol, shashka, shaxmat va tennis turlari bo‘yicha sportchilar bellashishdi. Tadbirda qatnashchilarga osh tarqatilib, bu dunyodan o‘tgan ustozlar xotirlandilar. Tadbirda gʼolib bo‘lgan sportchilar taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasining qimmatbaxo sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

«Besh tashabbus olimpiadasi» bo‘lib o‘tdi

Angor tumanida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari o‘rtasida «Sog‘lom tanda sifatli ta’lim» shiori ostida Kasaba uyushma kubogi sport musobaqalarida 21- maktab o‘qituvchilari sportning futbol yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin, shaxmat va shashka yo‘nalishi bo‘yicha 28-maktab o‘qituvchilari jamoasi 2-o‘rinni va 13-maktab o‘qituvchilari jamoasi 3-o‘rinni egallab turnir g‘oliblariga aylanishdi. Viloyatdan ajratilgan sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi.

 

Faxriylar holidan xabar olindi

Uzun tuman ta’lim va fan xodimalari kasaba uyushmasi Bo‘linmasi tomonidan 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan ta’lim soxasida uzoq yillar faoliyat yuritib, xozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar holidan xabar olindi. Shuningdek bir gurux baynalminalchi xodimlar xam kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Angorda o‘qituvchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

O’qituvchilar o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqa yakunda g‘oliblar Kasaba uyushmasi kubogiga sazovor bo‘lishdi.

Yuqori natijalarni ko’rsatgan jamoalarga hamkor tashkilotlarning sovg‘alari topshirildi.

“Hamshira-2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat xokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo vioyati kengashi O‘zbekiston hamshiralar asatsatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasining qo‘shma qaroriga asosan 26 aprel kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi Termiz tibbiyot texnikumida “Hamshira-2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

  Tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblarni aniqlashda nomzodlarning bilim darajalari, kasbiy malakasi, bemorlarga ko‘rsatayotgan tibbiy yordam sifati, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligi va tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining yoritilishi  asosiy ahamiyat kasb etadi.

Tanlovda Uzun tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi xamshirasi  Qilicheva Nilufar birinchi o‘rin, Angor tuman tibbiyot birlashmasi xamshirasi Musurmonova Surayyo ikkinchi o‘rin, Termiz shaxar tibbiyot birlashmasi Ruzieva Moral  uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. G’oliblarga tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

«Iqlim o‘zgarishlarining mexnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri» shiori ostida davra suxbatlari o‘tkazildi

«Butunjaxon mexnatni muxofaza qilish kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida «Iqlim o‘zgarishlarining mexnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri» shiori ostida Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘linmasi tizimidagi 14,49,63- umumta’lim maktablari xamda 1,5,10,28-maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raislari tomonidan mexnat jamoalarida davra suxbatlari o‘tkazildi. Davra suxbatlarida dunyo miqyosida bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlarining inson sog‘ligiga, tabiatga ta’siri, kuzatilayotgan suv  toshqinlari natijasida yetkazilayotgan zararlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ta’lim muassasalarida xodimlarga xavfsiz mexnat sharoitlari yaratish,  kasb kasalligini oldini olish xaqida ta’kidlab o‘tildi.