O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining VII majlisi bo‘lib o‘tdi

30.01.2024. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining VII majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.

Majlisda Federatsiya Nazorat-taftish komissiyasi, kasaba uyushmalari Respublika va hududiy kengashlari raislari, tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining bo‘lim mudirlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Bosh kengash majlisida dastlab “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalarning 2023 yil yakuni yuzasidan ijrosi va 2024 yildagi asosiy vazifalari to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Sherobod tumanida “Mahallada duv-duv gap” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari davom etmoqda.

Sherobod tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida “Xo‘jaqiya-2” mahallasi aholisi o‘rtasida “Mahallada duv-duv gap” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi A.Axmedov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi va “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi A.Chorievlar tomonidan yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarga va yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar 2024 yil“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar mazmuni to‘g‘risida targ‘ibotlar olib borildi.

Sovg’alar topshirildi

Joriy yilning 14 yanvar kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlar kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimida bo‘lgan Shurchi tuman obodonlashtirish boshqarmasi kasaba uyushmasi  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining  32 yilligi  hamda Vatan himoyachilari kuni va jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun 87 nafar  ishchi – xodimlar faxriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirlandilar .

“14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan musobaqa tashkillashtirildi

“14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 12 yanvar kuni Surxondaryo viloyat Tadbirkorlar, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tizimida bo’lgan Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlar ishtirokida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Musobaqaning tashkillashtirilishi orqali ishchi xodimlar o‘rtasida do‘stona, sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlarning dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlari maqsad qilingan.

Maktabda yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi

Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida O’‌zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi Davlat mukofati soxibi ustoz Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich Sho’rchi tumanidagi 1- umum  o’rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o’‌tkazdi, uchrashuvda ustoz o’zining xayot faoliyati, ishlagan ish joylari to’g’risida yoshlarga ma’lumotlar berdi, yoshlarga xayot u‌gitlaridan maslaxatlar berib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar,uchrashuv juda qizq’in savol va javoblar tarzda o’tdi.

SHoli yig‘im terimini muvaffaqiyatli yakunlandi

17 – dekabr kuni Surxondaryo viloyat Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi  tizimida bo‘lgan  “SURXON COTTON TEKSTIL CLUSTER SHOLI” mas’luyati cheklanan jamiyati  sholi yig‘im terimini muvaffaqitli yakunlangani munosabati bilan  tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi X.Qo‘zimuradov ham ishtirok etib barcha ishchi xodimlarni sholi yig‘im terimini muvaffaqitli yakunlanganligi munosabti bilan tabriklab  jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda viloyatda sholi yetishtirishdagi ulkan hissalari uchun  ishchi xodimlar viloyat tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirladi.