
Yig‘ilishlar o‘tkazildi
Bugun Uzun tumanidagi 32,33,34-umumiy o’rta ta’lim maktablarida 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yil yakuniga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Bugun Uzun tumanidagi 32,33,34-umumiy o’rta ta’lim maktablarida 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yil yakuniga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar o‘tkazildi.
02.02. 2024. Uzun tumanidagi 27,29 hamda 30-maktablarda 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yil yakuniga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlarda maktab direktorlari, BKUQ raislarining hamda jamoa shartnomasini bajarilishini nazorat qilib boruvchi komissiyaning xisobotlari tinglandi.
30.01.2024. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining VII majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.
Majlisda Federatsiya Nazorat-taftish komissiyasi, kasaba uyushmalari Respublika va hududiy kengashlari raislari, tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining bo‘lim mudirlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Bosh kengash majlisida dastlab “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalarning 2023 yil yakuni yuzasidan ijrosi va 2024 yildagi asosiy vazifalari to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.
Sherobod tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida “Xo‘jaqiya-2” mahallasi aholisi o‘rtasida “Mahallada duv-duv gap” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi A.Axmedov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi va “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi A.Chorievlar tomonidan yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarga va yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar 2024 yil“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar mazmuni to‘g‘risida targ‘ibotlar olib borildi.
Joriy yilning 14 yanvar kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlar kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimida bo‘lgan Shurchi tuman obodonlashtirish boshqarmasi kasaba uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni va jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun 87 nafar ishchi — xodimlar faxriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirlandilar .
«14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan 12 yanvar kuni Surxondaryo viloyat Tadbirkorlar, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tizimida bo’lgan Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlar ishtirokida sportning «Mini futbol» turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.
Musobaqaning tashkillashtirilishi orqali ishchi xodimlar o‘rtasida do‘stona, sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlarning dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlari maqsad qilingan.
Termiz shaxrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashining to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda kasaba uyushma tashkilotlarining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Viloyat «Ma’naviyat sektori» ning Shurchi tumaniga biriktirilgan azosi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich tumandagi «Xushchekka»mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilgan Ma’naviyat sektori faoliyati bilan tanishdi
Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi Davlat mukofati soxibi ustoz Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich Sho’rchi tumanidagi 1- umum o’rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi, uchrashuvda ustoz o’zining xayot faoliyati, ishlagan ish joylari to’g’risida yoshlarga ma’lumotlar berdi, yoshlarga xayot ugitlaridan maslaxatlar berib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar,uchrashuv juda qizq’in savol va javoblar tarzda o’tdi.