2024 — yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash» yili Davlat dasturi ijrosini bajarish

2024 — yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash»  yili Davlat dasturi ijrosini bajarish va o‘qituvchilarni bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish maqsadida o‘qituvchilar o‘rtasida sportning shaxmat turidan  maktab raxbariyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorlikda  muntazam ravishda musobaqalar o‘tkazilib borilmoqda.

7 oktyabr – “Butunjahon munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlab “Munosib mehnat — munosib hayot asosidir” mavzusida seminar o‘tkazildi

2024 yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi katta zalida 7 oktyabr – “Butunjahon munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlab “Munosib mehnat — munosib hayot asosidir”  mavzusida seminar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi apparat xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari xodimlari, tuman (shahar) kengashlari rais va xisobchilari hamda yirik boshlang‘i kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, Surxondaryo viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi raxbariyati hamda hamkor tashkilotlar vakillaridan tashkil topgan jami 164 nafar kishi ishtirok etishdi.

Seminarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi raisi A.Axmedov ochib berdi va seminarda qatnashgan tashkilot raxbarlari tomonidan “Munosib mehnat — munosib hayot asosidir”  mavzusida ma’ruzalar qilindi.

Keksalar e’tiborda

Oktyabr oyi «Keksalar xaftaligi»  munosabati bilan Angor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va tuman kasaba uyushma bo‘linmasi  hamkorlikda ta’lim soxasida ishlab hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarni Denov tumanida joylashgan «Sangardak»  sharsharasiga sayoxat uyushtirildi.

1-oktabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni»

O‘qituvchilik azal – azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda 1997-yildan boshlab 1-oktabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan Angor tumanida soha xodimlari, faxriy ustozlar, o‘qituvchi va murabbiylar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayramda tuman hokimi Qosim Mardonov o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, nuroniy ustozlar bugungi kunda ta’lim sohasidagi o’zgarishlar xususida ta’kidlab o’tdilar.

Shundan so‘ng, ta’lim sohasini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali mehnatlari va yoshlarimizni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda xizmat qilib kelayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga tuman hokimligi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi tomonidan  bayram sovg‘alari topshirildi.

«Ustoz azizdir» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Bugun Uzun tumanidagi «Chinor» tantanalar saroyida 1- Oktyabr » Ustozlar va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Ustoz azizdir» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni tuman xokimi o‘‌rinbosari Z. Abdanov kirish so‘‌zi bilan ochib, tuman xokimining Ustozlarga yo‘‌llagan tabrigini tantana ishtirokchilariga o‘qib berdi. Tuman Madaniyat bo‘‌limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan sho‘x navolar Ustozlarga zavq ulashdi. Tadbir yakunida ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishgan bir gurux Ustozlarga  tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘linmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Murojaat qo‘llab-quvvatlandi

Oltinsoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi  hodimlari o‘rtasida  «O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va Respublika Nuroniylarining kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha  O‘zbekiston xalqiga murojaati» bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, murojaatning mazmun mohiyatini tarmoq kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mita raisi X,Qo‘zimuradov ma’ruza qilidi. So‘zga chiqqanlar kasaba uyushmasi raisi F.Soatova, ishchilar A. Abdumo‘minov , B.Turdaliev, Sh.Sattorovlar murojaatni qo‘llab-quvvatladilar.

Sport-salomatlik garovi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va  O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan qo‘shma qarorga asosan Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini  jismoniy faolligini oshirish, salomatligini mustahkamlash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mini futbol, stol tennis, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha spartakiada musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rin Qiziriq tuman tibbiyot birlashmasi, 2-o‘rin Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo filiali, 3-o‘rin Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi  jamoalari egallashdi. Musobaqa g‘oliblari viloyat Kengashining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.