Sho‘rchi tumanida IV “Ustozlar milliy forumi”

Sho‘rchi tumanida IV “Ustozlar milliy forumi” da tuman hokimi Akbarali Ishmurzoev ishtirok etib, ta’lim muassasalarining rahbarlari va o‘qituvchilari orqali tumanimiz pedagoglarini mustaqillikning 34 yillik bayrami va “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi.

Oliy ta’limga o‘quvchilarning o‘rtacha kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha so‘ngi 5 yilda tumanimiz 13-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarilishi barchamizni quvontirdi. Bundan tashqari tuman terma jamoasi umumta’lim maktablari fanlar bo‘yicha olimpiadalarda so‘nggi yillarda viloyatda 14-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarildi.

2025 yilda Investitsiya dasturiga asosan tumanda 3 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 ta qo‘shimcha binolar quriladi hamda 1 ta maktabda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Tadbir yakunida ta’lim-tarbiya sohasida yutuqlarga erishgan, faol, tashabbuskor, izlanuvchan va namunali pedagoglar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sho‘rchi tuman bo‘linmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sport tadbiri o‘tkazilidi

Joriy yilning 19 avgust kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosobati bilan O‘zbekiston Tadbirkorik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyat Birlashgan qo‘mitasi shimoliy xududi tarmoq kasaba uyushmasi tizimidagi korxonalar va tashkilotlari kasaba uyushmasi a’zolari  o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, darts, 100 metrga suzish va arqon tortish turlari bo‘yicha sport tadbiri o‘tkazilidi. Ushbu tadbirda 48 nafar sport ishqibozlari ishtirok etdilar

Sport tadbirida  g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

„Besh tashabbus“ olimpiadasi doirasida sportning Stritbol turi boʻyicha Respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 5- 8- avgust kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida „Besh tashabbus“ olimpiadasi doirasida sportning Stritbol turi boʻyicha Respublika final bosqichiga boʻlib oʻtdi. Barcha viloyatlardan kelgan jamoalar oʻrtasida juda shiddatli va qizgʻin bahslar boʻlib,  musobaqa yakunida 22-30 yoshlilar toifasida Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani yakka terak mahallasi oʻgʻil bolalar va qizlar jamoalari faxirli 1- oʻrinni egallab Respublika yo‘llanmasini qoʻlga kiritdi.

 Musobaqa gʻoliblari sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qimmatbaho va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar

Ishtaha bilan ovqatlanayotgan bolajonlar — oromgohimiz ko‘rki!

Beshbuloq oromgohi oshxonasida har bir taom — mehr bilan, gigiena talablariga to‘liq amal qilingan holda tayyorlanadi.

Bugungi ovqatlanish vaqtida bolalarimiz issiq sho‘rva, to‘yimli ikkinchi taom hamda foydali mevalardan bahramand bo‘lishdi.

Bolajonlar ishtaha bilan tartibli tarzda ovqatlanishmoqda. Bu jarayon ularning salomatligi va quvonchli dam olishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Har bir surat — mehr, tozalik va barakali dasturxon timsoli!

Taxiatoshlik bolalar Surxondaryoda

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidan 101 nafar 7-14 yoshdagi bolalar Termiz temir yo‘l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida O‘zbekiton kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi raisi A.Axmedov, kengash raisining o‘rinbosari Q.Bobolov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida tantanali kutib olindi.

Qayd etish kerakki bir necha yildirki, Taxiatoshlik bolalarni yozgi mavsumda Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” bolalar oromgohida dam oldirish an’ana tusiga kirgan.

Mehmonlar kutib olingach avtobuslarda yo‘l harakati havfsizligi hizmati xodimlari kuzatuvi ostida Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar oromgohiga olib kelindi. Bolajonlar mazkur oromgohda mazali taomlardan tanavvul qilib, oromgohda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng ma’sullar ishtirokida Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” bolalar oromgohiga tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi.

Surxondaryoda bolalar uchun unutilmas tadbirlar!

30-iyun, 2025-yil kuni Surxondaryo viloyatidagi Amudaryo, Xonjiza, Beshbuloq va Janub gavhari sog‘lomlashtirish oromgohlarida yozgi mavsum doirasida 900 ga yaqin bolani qamrab olgan ajoyib tadbirlar bo‘lib o‘tdi!

Tadbirda Shaxmat musobaqasi, Zakovat intellektual o‘yinlari tashkillashtirildi.

Volontyor-mentorlar tomonidan seminar-treninglar, Yoshlar ishlari agentligi, Zakovat intellektual klubi va Surxondaryo volontyorlar maktabi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda va energiyaga boy o‘tdi!  Musobaqalarda faol ishtirok etgan bolalar diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi!