
Jamoa shartnomasining hisobot saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi
Joriy yilning 26 mart kuni Uzun tumanidagi 63, 64- maktablarda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yil yakuni hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi. Yig‘ilishda maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining 2020 yil mart oyidan 2025 yil mart oyigacha bo‘lgan davrda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Yig‘ilishda ko‘pchilik ovoz bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari M.Dusmurodov va A. Jumaevlar qayta saylandilar.