Hisobot-saylov konferensiya

Joriy yilning 6-mart kuni Termiz davlat pedagogika instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan jamoa yig‘ilishi hamda hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi R.M.Bedilov, institut rektori A.B.Xasanov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati viloyat Kengashi raisi A.A.Axmedov va tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.