Jamoa shartnomasining hisobot saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi

Joriy yilning 26 mart kuni Uzun tumanidagi 63, 64- maktablarda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yil yakuni hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi. Yig‘ilishda maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining  2020 yil mart oyidan 2025 yil mart oyigacha bo‘lgan davrda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Yig‘ilishda ko‘pchilik ovoz bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari M.Dusmurodov va A. Jumaevlar qayta saylandilar.

“Xayriya tadbirlari” tashkil etildi.

Tadbirkorlir, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo’mitasi tassarufida bo’lgan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi bilan birgalikda «Ramazon hayiti» munosabati bilan “Qadriyatlar qadr topgan yurt” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etish maqsadida boshqarmalar tomonidan “xayriya tadbirlari” tashkil etildi.

«MURUVVAT» UYIDA MEHR-SAHOVAT BAYRAMI NISHONLANDI

Sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun – Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat va bunyodkor mehnat ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida o‘rni beqiyos.

Bu bayram keyingi yillarda Vatanimizda amalga oshirilayotgan «Inson qadri uchun, inson baxti uchun» degan olijanob g‘oyaga hamohang bo‘lib, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylandi va mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida keng nishonlanmoqda.

Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib «Mehribonlik», «Saxovat» va «Muruvvat» uylarida yashayotgan shaxslar, ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olish va xayriya tadbirlari izchil amalga oshirilib kelinmoqda.

Bayram munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan  Sariosiyo tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi raisi A.Axmedov ishtirokchilarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari nomidan yangilanish va yasharish bayrami hisoblangan “Navro‘z” umumxalq bayrami hamda muqaddas Ramazon oyi bilan qutlab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi shakllantirilganligi, tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish hamda rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini alohida qayd etib o‘tishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida vohaning xushovoz xonandalari ishtirokida konsert dasturi tashkil etilib, «Muruvvat» uyida istiqomad qilib kelayotgan ayollar uchun ehson oshi, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari tarqatilishi barchaga birdek quvonch ulashdi.

Esdalik sovg‘alari topshirildi

Termiz tumani obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi Oygul Shomuratovani yuksak mukofot bilan tabriklash maqsadida Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari Qodirov Shavkat Jumaboevich boshchiligida faollar O.Shomuratovaning ish joyiga borib qutlab, Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining «Faxriy yorliq» va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Umumiy yig‘ilish hamda xisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18 mart kuni Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Termiz shaxar kengashi  tizimidagi  «Agrobank» ATB Surxondaryo viloyat boshqarmasida ish beruvchi va mehnatkashlar o‘rtasida tuzilgan jamoa shatnomasining 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish hamda bank kasaba uyushmasi tashkilotining 2020-2025 yillarda amalga oshirilgan ishlari va kelgusidagi vazifalari yuzasidan xisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining  birinchi o‘rinbosari Bozorov To‘xta Sharipovich hamda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Xolmurodov Jovli Norboevichlar ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida kasaba uyushmalari 1905 yilda tashkil etilganligi munosabati bilan joriy yilda kasaba uyushmalarining 120 yilligini nishonlash bo‘yicha davra suxbati o‘tkazildi.

Hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15 mart kuni Uzun tumanidagi 54-maktabda 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasi 2024 yil yakuni hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda maktab direktori, maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi hamda jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qiluvchi komissiyaning hisobotlari tinglandi. Yig‘ilish ishtirokchilari maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyatini qoniqarli deb baholashdi.

Shuningdek ushbu maktabda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Maktab kasaba uyushmasi tashkilotining raisi B. Mo‘minovning  2020 yil mart oyidan 2025 yil mart oyigacha bo‘lgan davrda amalga oshirgan ishlari yuzasidan xisoboti tinglandi. Maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirgan ishlar qoniqarli deb topildi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan B. Mo‘minovni kelgusi besh yilga boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylashdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi

Tashkilotda Jamoa shartnomasi bajarilishi hamda Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Surxondaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan yig‘ilishi hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom asosida Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Hisobot saylov yig‘ilishida qo‘mitaning 5 yillik faoliyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi hamda qoniqarli deb topildi. Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari qayta saylandi hamda kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.

Jamoa shartnomasining bajarilishi hamda Hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 11 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Qumqo‘rg‘on tumani “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv sport texnika klubida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan yig‘ilishi hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom asosida Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi hamda yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb topildi.

Yig‘ilish davomida kasaba uyushmalari xarakatiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan ma’lumotlar berildi.

Hisobot saylov yig‘ilishida qo‘mitaning 5 yillik faoliyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi hamda qoniqarli deb topildi. Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari qayta saylandi hamda kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.