O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziriq tuman bo‘linmasi tomonidan shaxmat, shashka musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziriq tuman bo‘linmasi tomonidan “ 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “ Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida 2 — umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari o‘rtasida shaxmat, shashka musobaqasi o‘tkazilib, g‘oliblar tuman bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziriq tuman bo‘linmasi tomonidan “11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “ Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari 10 kunligi” doirasidagi tadbirlar Qiziriq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tdi.

ShAXMAT MUSOBAQASI TAShKIL ETILDI

“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”  munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi  doirasida “ShAXMAT” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada oliygoh talabalari, yosh o‘qituvchilar hamda ishchi hodimlardan iborat 100 nafardan ortiq havaskor shaxmatchilar ishtirok etdi. Qiziqarli bellashuvlarga boy o‘tgan o‘yin yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“KASABA UYUShMA BILIMDONI” kitobxonlik viktorinasi o‘tkazildi.

“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”  munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi  doirasida “Kasaba uyushmasi bilimdoni” kitobxonlik viktorinasining tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan mazkur viktorinada yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda kasaba uyushmalari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tuzilgan savollar o‘quvchilarga taqdim etildi. Qizg‘in baxs-munozaraga boy o‘tgan savol-javoblarda tezkorlik va faolllik ko‘rsatgan bir qator yoshlar g‘olib deb topilib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashining diplom va kitoblari sovg‘a tariqasida ulashildi.

“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”  munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Bozorov To‘xta Sharipovich hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Do‘stlik» ordeni va «Mehnat shuhrat» medali sohibi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich bilan ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan yosh o‘qituvchi-hodimlar hamda talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishlari, kasb-hunar o‘rganishlari yakunda yurt koriga yaraydigan raqobatbardosh kadrlar bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish masalalari xayotiy misollar asosida, sodda tilda  tushintirib berildi.

 

«Inson qadri har narsadan ulug‘» g‘oyasi asosida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi

2021 yildan boshlab har yili 11-noyabr «Kasaba uyushmalar kuni»  keng nishonlab kelinmoqda. Bayram tadbirlari barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida o‘tkazilganidek Angor tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida ham «Inson qadri har narsadan ulug‘» g‘oyasi asosida madaniy  tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Maktab o‘quvchilari o‘qituvchilarini madaniy chiqishlarini olqishlab, yutuqlari bilan tabriklashdilar. Tadbir  so‘nggida  jamoat ishlarida faol ishtirok etishgan o‘quvchi va o‘qituvchilar rag‘batlantirildi.

 

Kasaba uyushmalari kunida kasaba uyushma faollari bilan muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” deb e’lon qilinib, mana to‘rt yildirki noyabr oyining o‘n birinchi sanasi Mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Respublikamiz, qolaversa viloyatimizning barcha mehnat jamoalarida bayram arafasida madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

  O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan 1 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Go‘zal Toxtaeva ishtirokida O‘zbekiston kasaba uyushmalari xarakati paydo bo‘lganligining  120 yilligi oldidan  kasaba uyushma faollari  va tibbiyot xodimlari  bilan “Ochiq muloqoti” o‘tkazildi.

«Ochiq Muloqot»da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Qobil Babalov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili Shavkat Qodirov, viloyat kengashi raisi Muyassar Kadirova, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mustafo Sattorov hamda kasaba uyushma faollari, faxriylar, tibbiyot xodimlari,  tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

Bayram munosabati bilan kasaba uyushmalari va sog‘liqni saqlash tizimida salmoqli mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlari faollar va yoshlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika va viloyat kengashining faxriy yorlig‘i, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni kasaba uyushma faollari bilan muloqot.                                                                                                                                      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” deb e’lon qilinib, mana to‘rt yildirki noyabr oyining o‘n birinchi sanasi Mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Respublikamiz, qolaversa viloyatimizning barcha mehnat jamoalarida bayram arafasida madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

  O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan 1 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Go‘zal Toxtaeva ishtirokida O‘zbekiston kasaba uyushmalari xarakati paydo bo‘lganligining  120 yilligi oldidan  kasaba uyushma faollari  va tibbiyot xodimlari  bilan “Ochiq muloqoti” o‘tkazildi.

«Ochiq Muloqot»da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Qobil Babalov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili Shavkat Qodirov, viloyat kengashi raisi Muyassar Kadirova, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mustafo Sattorov hamda kasaba uyushma faollari, faxriylar, tibbiyot xodimlari,  tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

Bayram munosabati bilan kasaba uyushmalari va sog‘liqni saqlash tizimida salmoqli mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlari faollar va yoshlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika va viloyat kengashining faxriy yorlig‘i, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.