“YAShIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KO‘ChATLAR EKILDI

Joriy yilning 21 oktyabrida Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, bog‘ va yashil maydonlar tashkil etish borasida kasaba uyushmalari tomonidan ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”  munosabati bilan “Amudaryo” bolalar oromgohida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chatlar va manzarali daraxt ekish jarayonlariga start berildi.

Tadbirda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Bozorov To‘xta Sharipovich, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Qodirov Shavkat Jumabaevich, tarmoq kasaba uyushma faollari, va viloyat nuroniylari ishtirok etdi.

“Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 4 noyabr kuni Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyida “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi  viloyat Kengashi hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Qodirov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Q.Bobolov hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi N.Ximmatovalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari va pedagog xodimlar bilan dildan suhbat uyushtirilib, bolalarning ta’lim tarbiyasi hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi, yakunida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar hamda tarbiyachilarga tashkilotchilarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.