“Sport sog‘lik garovi» shiori ostida “Sport xaftaligi” tashkil etildi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2024 yil 7 oktyabrdagi “11noyabr — Kasaba uyushmalari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №15-21“s”-sonli ijroiya qo‘mitasi qarori bo‘yicha 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” sifatida nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, Boysun tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sport sog‘lik garovi» shiori ostida  “Sport xaftaligi” tashkil etildi, bunda, mehnat jamoasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi,  arqon tortish  turlari bo‘yicha musoboqalar hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha namunali diktantlar tanlovi o‘tkazildi.

       Bayram tadbirida O‘zbekiston  ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh yuristkonsulti Muhamedalieva Dilbar Abdurahmonovna va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi Xoliyorov Baxtiyor, tarmoqdagi tashkilot va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mita raislari hamda maktab ishchi-xodimlari  ishtirok etdilar.  Tadbir maktab o‘quvchilarining badiiy chiqishlari va tuman madaniyat uyi san’atkorlari «Shalola»guruhining chiqishlari bilan boshlanib ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Maktabda o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari, faxriylar va qo‘mita raislari ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boysun tuman bo‘linmasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

«11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan sport tadbiri bo‘lib o‘tdi

«11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan «Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun» g‘oyasi asosida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uzun tuman Bo‘linmasi tomonidan xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport tadbiri  bo‘lib o‘tdi. Musobaqa samimiy, qizg‘in xamda ko‘tarinki ruxda o‘tdi. Musobaqa g‘oliblari tashkiliy qo‘mitaning diplom xamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari Respublika kengashi bosh yuristkonsulti D.A. Muxamedalieva va O‘zbekiston ta’lim va fan  xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha masul tashkilotchisi B.N.Xoliyarovlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziriq tuman bo‘linmasi tomonidan shaxmat, shashka musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziriq tuman bo‘linmasi tomonidan “ 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “ Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida 2 — umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari o‘rtasida shaxmat, shashka musobaqasi o‘tkazilib, g‘oliblar tuman bosqichiga yo‘llanma olishdi.