O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziriq tuman bo‘linmasi tomonidan “11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “ Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari 10 kunligi” doirasidagi tadbirlar Qiziriq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tdi.
“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida “ShAXMAT” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada oliygoh talabalari, yosh o‘qituvchilar hamda ishchi hodimlardan iborat 100 nafardan ortiq havaskor shaxmatchilar ishtirok etdi. Qiziqarli bellashuvlarga boy o‘tgan o‘yin yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida “Kasaba uyushmasi bilimdoni” kitobxonlik viktorinasining tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan mazkur viktorinada yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda kasaba uyushmalari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tuzilgan savollar o‘quvchilarga taqdim etildi. Qizg‘in baxs-munozaraga boy o‘tgan savol-javoblarda tezkorlik va faolllik ko‘rsatgan bir qator yoshlar g‘olib deb topilib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashining diplom va kitoblari sovg‘a tariqasida ulashildi.
“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Bozorov To‘xta Sharipovich hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Do‘stlik» ordeni va «Mehnat shuhrat» medali sohibi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich bilan ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan yosh o‘qituvchi-hodimlar hamda talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishlari, kasb-hunar o‘rganishlari yakunda yurt koriga yaraydigan raqobatbardosh kadrlar bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish masalalari xayotiy misollar asosida, sodda tilda tushintirib berildi.