O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining VII majlisi bo‘lib o‘tdi
30.01.2024. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining VII majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.
Majlisda Federatsiya Nazorat-taftish komissiyasi, kasaba uyushmalari Respublika va hududiy kengashlari raislari, tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, Federatsiya apparatining bo‘lim mudirlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Bosh kengash majlisida dastlab “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalarning 2023 yil yakuni yuzasidan ijrosi va 2024 yildagi asosiy vazifalari to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.