Nuroniylar e’zozimizda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi PQ-241-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, kasaba uyushmalari tomonidan “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida Mustaqillik – eng ulug’ ne’mat!” mavzusida qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.
Joriy yilning 30 avgust kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi va bir guruh xodimlar tomonidan O’zbekiston xalq baxshisi, xalqaro tanlovlar sovrindori Shoberdi baxshi Boltayev xonodonida bo’lib, uning xolidan xabar oldi.
Uchrashuvlar jarayonida istiqlol bergan erkinlik, tinch osoyishta xayot, davlatimiz tomonidan nuroniylarga qaratilayotgan e’tibor, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda bugungi dorulomon kunlarga shukronalar keltirildi.
Suhbat so’ngida Shoberdi baxshi Boltayevga kasaba uyushmalarining sovg’alari topshirildi.