Ruhi doim barhayot

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi PQ-241-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, kasaba uyushmalari tomonidan “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida Mustaqillik – eng ulug’ ne’mat!” mavzusida qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.
Joriy yilning 18 avgust kuni O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan xotira tadbiri ham shular jumlasidandir.
Mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish, xalqimizning tinch va osoyishtaligini saqlash maqsadida xizmat majburiyatini bajarish vaqtida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar xonadonlariga tashrif buyurib Eshtemirov Muxiddin Xusanovich, Jo’rayev Mashrab Xurramovich, Choriyev Xushboq Chorshanbiyevichlarni xotirladilar, ularning oilalariga osoyishtalik va farovonlik tilaklarini bildirib, farzandlariga otalari mard va jasur insonlar bo’lganligi, ular bugungi tinch xayotimizni himoya qilganliklari to’g’risida so’zladilar.
Uchrashuvlar nihoyasida xizmat vazifasini o’tash davrida halok bo’lgan xarbiy xizmatchilarning oilalariga kasaba uyushmalari tomonidan qimmatbaho sovg’alar topshirildi.