“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan kasaba uyushmalari tarmoq kengashlari tizimidagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlari o‘rtasida «Yoshlar oyligi» doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Bilimlar bellashuvida yosh xodimlardan iborat 7 ta jamoa ishtirok etdi.
“Zakovat” intellektual o‘yini 2 turdan iborat bo‘lib, jamolarga jami 24 ta savol berildi. Savollarga aniq va to‘g‘ri javob topgan jamoalar yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib deb topilgan Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi nomidan ishtirok etgan “INHA” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohasi hodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi nomidan ishtirok etgan “Taraqqiyot”, uchinchi o‘rinni Ta’lim va fan hodimlari kasaba uyushmasi viloyat bo‘limi nomidan “TMTI” jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.