
Voleybol sport musobaqasi o‘tkazildi
Joriy yilning 26 aprel kuni “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tomonidan viloyat kasaba uyushmalari fidoyisi Tillo Mengliev xotirasiga bag‘ishlangan ayollar o‘rtasida voleybol sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa juda qizg‘in hamda har bir o‘rin uchun jamoalar astoydil kurash olib borishib 1-o‘rinni Termiz shahri jamoasi, 2-o‘rinni Sariosiyo tumani jamoasi va 3-o‘ringa Muzrabot tumani jamoasi sazovor bo‘ldilar. G‘oliblarga musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.