Viloyatlar jamoalari o‘rtasida mintaqaviy musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondon o‘rinbosarining 2025 yil 18 aprel kuni qabul qilingan 28-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Chavandozlar maktablari o‘rtasida ot sportining polo turi bo‘yicha Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari jamoalari o‘rtasida mintaqaviy musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu musobaqa doirasida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi  O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Surxondaryo viloyati Yilqichilik va Uloq ko‘pkari federatsiyalari vakillari faxriy mehmon sifatida tashrif buyurib, musobaqa jarayoniga maxsus rang bag‘ishladilar.

Musobaqaning saralash bosqichida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Chavandozlar maktabi, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Chavandozlar maktabi, Qashqadaryo viloyati Qorabayir otchilik majmuasi hamda Surxondaryo viloyati Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoalari o‘zaro bellashib, o‘z mahorat va salohiyatlarini namoyish etdilar.

Bellashuvlar natijalariga ko‘ra:

Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi musobaqaning 1-o‘rin sovrindori bo‘ldi va g‘oliblik sharafiga sazovor bo‘ldi;

Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoasi munosib tarzda 2-o‘rinni egalladi;

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Musobaqa yuqori tashkiliy va sport ruhida o‘tkazilib, unda umumiy hisobda 16 nafar chavandoz ishtirok etdi hamda 300 nafardan ortiq sport muxlislari va tomoshabinlar musobaqa jarayonini qiziqish bilan kuzatdilar

Print Friendly, PDF & Email