«Vatan orim, Vatan iymonim» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 2024 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Vatan orim, Vatan iymonim» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat baynalminal jangchilar uyushmasi a’zolari va markaz jamoasi faol ishtirok etdilar.
Tadbirning ochilish marosimida markaz direktori I. Mamarajabov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan chin dildan qutladi. U o‘z nutqida Vatanga sadoqat va fidoyilik mavzusini yoritib, hozirgi tinchlik va osoyishtalikning qadri haqida gapirib o‘tdi .
Shuningdek, markaz boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O. Tadjiev tomonidan tadbir qatnashchilariga esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Sovg‘alar bayramga qo‘shilgan quvonchni yanada orttirdi.
Tadbir samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Ishtirokchilar bayram doirasida o‘zaro fikr almashib, bayramning har bir daqiqasidan bahra oldilar. Tadbir ishtirokchilari uning ta’sirli va esda qolarli bo‘lganini ta’kidlab, tashkilotchilarga o‘z minnatdorliklarini bildirdi.