
SUZISH FEDERATSIYASI RAISI VILOYATDAGI SUZISH XAVZALARINING XOLATI BILAN TANISHDI
Yurtimizda yoshlarning suv sporti turlariga bo‘lgan qiziqishi hamda suv sporti turlari ommaviyligini oshirish, bu orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash, saralash (seleksiya) va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu sohada malakali mutaxassislar va hakamlar tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan suv sportining moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Viloyat suzish federatsiyasi raisi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi raisi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich bugun viloyatimizda suzish sport turiga ixtisoslashtirilgan ob’ektlarga tashrif buyurdi.
Tashriflar davomida suzish majmualarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar hamda mazkur sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yoshlar bilan yaqindan muloqot olib bordi.