
Sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27 aprel kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimida bo‘lgan «Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti» NTMda sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning 38 nafar shaxmatchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar, qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida
1-o‘rin — jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sardor Baxromov;
2-o‘rin — axborot texnologiyalari yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sherxon abduraupov;
3-o‘rin — xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sherzod Baxodirovga nasib qildi.
Qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan baxslarda
1-o‘ringa jismoniy madaniyat 2-bosqich talabasi Zulfizar Xolmatova, 2-o‘ringa maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Komila Ashurova, 3-o‘ringa filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Zilola Olimovalar munosib ko‘rildi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar .