So‘lim va bahovo go‘shada joylashgan maskanda Orolbo‘yidan kelgan bolalarni maroqli dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bugun Termiz temir yo‘l vokzalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidan kelgan 100 nafar o‘g‘il-qiz tantanali kutib olinib, “Beshbuloq” oromgohiga kuzatildi.
Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi hamkorligida ayni paytda qoraqalpog‘istonlik 100 nafar o‘g‘il-qizlar yozgi ta’tilni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” bolalar oromgohida o‘tkazishmoqda. So‘lim va bahovo go‘shada joylashgan maskanda Orolbo‘yidan kelgan bolalarni maroqli dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Oromgohda bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun puxta tadbirlar rejasini ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra mavsum davomida turli davra suhbatlari, qiziqarli uchrashuvlar, intellektual o‘yinlar, viktorinalar o‘tkazilib boriladi.
Shuningdek, bolalarning jismonan sog‘lom, bilim va mahoratlarini oshirish uchun turli to‘garaklar tashkil etilgan.