
Parvarishiga muxtoj keksalar e’tiborda
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Muzrabot tuman bo‘linmasi va tuman Ijtimoiy ko‘niktirish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 dekabrdagi «O‘zgalar parvarishiga muxtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi RQ-410-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumani Obod turmush maxallasida yashovchi Shaymardonova Oybegim Erdonaevnaga yotoqxona jixozlari, stol, 2 dona stul hamda kiyim javoni yetkazib berildi.