«O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi»Surxondaryo viloyatida ham yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi

 

Termiz shahridagi «Surxon milliy taomlari» restoranida «O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi» hamda 11-noyabr «O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan tashkil etilgan bayrami Surxondaryo viloyatida ham yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Dastlab, viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov qo’shaloq bayram bilan soha vakillarini qutlab, bir guruh fidoyilarga viloyat hokimligining faxtiy yorliq va qimmatbaho sovg’alarini taqdim etdi.

Shundan so’ng, O’zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakili Ulug‘bek Muxamedov kasaba uyushmalari tizimining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidlab, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyisi, «Do’stlik» ordeni sohibi O’zbekiston kasaba uyushmalar Federasiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Abdukarim Ahmedov bilan tadbir doirasida faollar, nuroniylar va uyushmaning ilg‘or a’zolariga «O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi» esdalik nishonlari, viloyat kasaba uyushmasining faxriy yorliq va sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Bayramona dasturda viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyat filarmoniyasi va O’zbekkonsert DM Surxondaryo viloyat bo’limi estrada xonandalari, poytaxt Toshkentdan taahrif buyurgan «Qalpoq» hajviy teatri aktyori Farmon obrazi bilan tanilgan Muxtor Halimovning chiqishlari hamda Xorazmlik Afruzaxonlarning ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

 

 

 

 

 

 

Print Friendly, PDF & Email