«O‘qituvchi va murabbiylar kuni» nishonlandi

Angor tumanida 1-oktabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Dastlab tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbirda hokim Qosim Mardonov pedagoglarni bayram bilan tabrikladi. Hokim ta’lim sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan o‘qituvchilarning fidokorona mehnatini alohida qayd etdi.

Tadbirda bir qator ilg‘or o‘qituvchi va murabbiylar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng, bayram «Ofarin» tantanalar saroyida davom ettirildi. Unda o‘qituvchi va murabbiylar uchun konsert dasturi namoyish etildi.

Print Friendly, PDF & Email