Ochiq muloqotlari o‘tkazildi
Joriy yilning 12 noyabr kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Birlashgan qo‘mitasi tizimidagi Termiz tuman Obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi Oygul Jabborovna Shomuratovaga O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi “Esdalik nishoni” Birlashgan qo‘mita raisi X.Qo‘zimuradov tomonidan topshirildi.
Obodonlashtirish boshqarmasida bayram munosobati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlari hamda viloyat kengashi mehnat huquq inspektori Zarif Xolov ishtirokida kasaba uyushmasi a’zolari bilan ochiq muloqotlari o‘tkazildi.