Kasaba uyushmalari raisiga davlatimizning yuksak mukofoti topshirildi.

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining o’ttiz ikki yillik bayrami arafasida davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangan 24 nafar Surxondaryolik turli soha vakillari safida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi raisi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovichning ham borligi kasaba uyushmalari jamoasida faxr-iftixor tuyg’usini tuydiradi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug’bek Qosimov tomonidan viloyat hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tgan tadbirda ushbu mukofotlar o’z egalariga topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Tantanali tadbirda so’zga chiqqanlar davlatimizning  e’tibor va e’tirofi uchun o’zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

Print Friendly, PDF & Email