Jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 20 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyida 2024-2026 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglanib, bir ovozdan qoniqarli deb topildi.

Print Friendly, PDF & Email