
Jamoa shartnomasi ijrosi muhokamalari yig‘ilishi hamda Hisobot-saylov va kelgusi rejalar!
2025 yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘iga tizimidagi Denov tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi muhokama qilinib, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Yig‘ilish ishtirokchilari shartnoma ijrosini qoniqarli deb baholadilar.
Shuningdek, kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish tartibiga muvofiq, qo‘mitaning 5 yillik faoliyati tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida tashkilot faoliyatining samaradorligi va ishchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilgan ishlarga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari qayta saylanib, kelgusi 5 yillik uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.