Jamoa shartnomalari bajarilishi ko‘rib borilmoqda

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo filialida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yildagi ijrosi yuzasidan jamoaning umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda korxona direktori Q.Xamraev va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Djuraevalar yig‘ilish qatnashchilari oldida hisobot berishdi. Unda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo filiali jamoa shartnomasi va unga kiritilgan bandlarning har birining bajarilishi to‘g‘risida, pochta sohasida kiritilayotgan yangiliklar va qo‘shimcha xizmat turlari to‘g‘risida, 2023 yilda filial daromadi sezilarli darajada oshganligi, buning natijasida xodimlar o‘z vaqtida oylik maoshlarini olib kelayotganligi, xodimlar salomatligini tiklash, ularni sport bilan shug‘ullantirish, ichki turizmni rivojlantirish, xodimlar farzandlarini bolalar oromgohlarida dam oldirish hamda soha rivoji uchun kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida axborotlar berildi.

Jamoa shartnomasini ijrosi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalar ishchi guruh tomonidan o‘qib eshitildi va tasdiqlandi. Korxonada 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yil bajarilishiga qoniqarli baho berildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Gapurov Yunus Yusupovich va mehnat texnik bosh mutaxassisi  Ravshan Naralievlar ishtirk etishdi. Jamoaning umumiy yigilishida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar berildi.

 

 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining

Surxondaryo viloyat kengashi Mehnatkashlarning

ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya

qilish bo‘limi mudiri M.Anarboev

Print Friendly, PDF & Email