“Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 4 noyabr kuni Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyida “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi  viloyat Kengashi hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Qodirov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Q.Bobolov hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi N.Ximmatovalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari va pedagog xodimlar bilan dildan suhbat uyushtirilib, bolalarning ta’lim tarbiyasi hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi, yakunida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar hamda tarbiyachilarga tashkilotchilarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email