
Hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15 mart kuni Uzun tumanidagi 54-maktabda 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasi 2024 yil yakuni hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda maktab direktori, maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi hamda jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qiluvchi komissiyaning hisobotlari tinglandi. Yig‘ilish ishtirokchilari maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyatini qoniqarli deb baholashdi.
Shuningdek ushbu maktabda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Maktab kasaba uyushmasi tashkilotining raisi B. Mo‘minovning 2020 yil mart oyidan 2025 yil mart oyigacha bo‘lgan davrda amalga oshirgan ishlari yuzasidan xisoboti tinglandi. Maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirgan ishlar qoniqarli deb topildi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan B. Mo‘minovni kelgusi besh yilga boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylashdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi