
Hisobot-saylov I — Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 2025-yil 30-may kuni 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi majlislar zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Muzrabot tuman bo‘linmasining hisobot-saylov I — Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Hisobot-saylov Konferensiyasida 88 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining umumiy yig‘ilishlarida saylangan 43 nafar delegatdan 43 nafari ishtirok etdi.
Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Xoliyarov Baxtiyor Nurbaevich, Maktabgacha va maktab ta’limi bulimi mudiri Xamroev Saloxiddin Bozorovichlar ishtirok etishdi .
Hisobot-saylov Konferensiyasini O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Xoliyarov Baxtiyor Nurbaevich olib bordi.
Konferensiya kun tartibiga quyidagi masalalar tavsiya etildi va delegatlar tasdiqladilar: O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Muzrabot tuman bo‘linmasi kengashining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil may oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati bo‘yicha hamda taftish komissiyasining hisoboti, Muzrabot tuman bo‘linmasi kengashi raisini saylash, tuman bo‘linmasi Kengash a’zolarini, taftish komissiyasi a’zolarini, taftish komissiyasi raisini hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi Konferensiyasiga delegat saylash masalalari.
Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashi Majlisining 2024-yil 21-dekabrdagi IX-3-sonli, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 27-dekabrdagi 15-6-sonli qaroriga asosan, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida NIZOM”ga ko‘ra yopiq ovoz bilan tuman bo‘linmasi kengashi raisi saylovi o‘tkazildi. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuushmasi Muzrabot tuman bo‘linmasi kengashi raisi etib ko‘pchilkning ovozi bilan Musaev Lazizjon Zafarovich nomzodi saylandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida kengash taftish komissiyasi a’zolari va raisi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Muzrabot tuman bo‘linmasi Kengash a’zolari saylab olindi.
Konferensiya kun tartibidagi so‘nggi masala O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati Konferensiyasiga delegat etib, 4 nafar nomzod saylandi.